Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
«Ўзбекистон – 2030» стратегиясини замон талаблари асосида такомиллаштириш - муҳим истиқболли босқич!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 21-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 19-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Ayni kunlarda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Senator Z. Bekatova joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir kun davomida bir nechta muhim uchrashuv va muloqotlarda qatnashdi.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
Kengash raisining turizm sohasi vakillari bilan muloqoti bo'lib o'tdi

Kengash raisining turizm sohasi vakillari bilan muloqoti bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich rahbarligida turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan subyektlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda viloyat Turizm boshqarmasi, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan muassasalar rahbarlari, madaniyat boshqarmasi hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda soha mas’ullarining turizm obyektlari, infratuzilmasi hamda xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruzalari eshitildi.

Hisobot davomida viloyatda 2025-yilning 9 oyligi davomida 704 ming nafar xorijiy va 1 mln 955 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatilganligi, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 1 barobarga oshganligi, turizm eksporti hajmi 121 mln.dollarga yetkazilganligi ta'kidlandi. Shuningdek, 2025-yil 9 oyligida Germaniya, Fransiya, Xitoy, Tojikston, Afg‘oniston davlatlaridan eng ko‘p xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilib, joylashtirish vositalarini tashkil etish bo‘yicha 2025 yilning 9 oyligi davomida 27 ta (8 ta mehmonxona, 9 ta oilaviy mehmon uyi, 10 ta hostel) joylashtirish vositalari tashkil etilganligi ta'kidlandi.

Bundan tashqari, viloyatdagi eko, etno, ziyorat, tibbiyot, arxeologik, gastronomik va ekstremal turizm yo‘nalishlarini o‘z ichiga oluvchi “Surxon vohasi turizm uchburchagi” xaritasi ishlab chiqildi. Ushbu xaritasida 58 ta turizm ob’ektlari kiritilgan. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatidagi “Yetti pir” ziyoratgohlari, Arxeologiya yodgarliklar, Arxitektura yodgorliklar va diqatga sazovor joylar bilan bog‘lagan holda marshrutlar ishlab chiqilgan. Ushbu mashrutlarda 52 ta madaniy meros ob’ektlari, 4 ta turizm qishlog‘i va mahallari, 4 ta Turizm ko‘chalari va 151 ta turizm ob’ektlari va Boysun tumanidagi Turizm markazi kiritilgan. Natijada viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2 barobarga oshmoqda.

Muloqot yakunida amaldagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida mavzudan kelib chiqib, sohadagi mavjud tizimli muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 10