Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
«Ўзбекистон – 2030» стратегиясини замон талаблари асосида такомиллаштириш - муҳим истиқболли босқич!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 21-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 19-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Ayni kunlarda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Senator Z. Bekatova joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir kun davomida bir nechta muhim uchrashuv va muloqotlarda qatnashdi.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Вилоятимиз ҳудудларида 2025-2026 йиллар куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари изчил амалга оширилмоқда. Мавсумни беталофат ўтказиш мақсадида коммунал ҳамда ижтимоий соҳа объектларини тўлиқ тайёр ҳолатга келтириш, уларнинг барқарор фаолиятини таъминлаш бўйича аниқ чора-тадбирлар кўрилмоқда.
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 17-сессияси бўлиб ўтди!
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Joriy yilning 6-oktabr kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich o‘zi saylangan okrugidagi “Navro`z”, “Samarobod”, “Qo‘shshukr” MFY lar yettiligi bilan hamkorlikda “Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirish” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.Tadbirda okrug saylovchilari, 10- umumta’lim maktabi jamoasi va tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limidan ma`sul xodim ishtirok etdi. Uchrashuvda deputat X.Muxitdinov tadbir ishtirokchilariga davlatimiz tomonidan inson manfaati va xalqimiz farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so‘ng tumandagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimi tomonidan yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirish yuzasidan fuqarolarga tavfsiyalar berildi. Tadbir
yakunida fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar hamda ma`sullar tomonidan MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo`yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
 

Slide 1 of 6