Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Ўзбекистон – 2030» стратегиясини замон талаблари асосида такомиллаштириш - муҳим истиқболли босқич!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 21-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 19-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Ayni kunlarda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Senator Z. Bekatova joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir kun davomida bir nechta muhim uchrashuv va muloqotlarda qatnashdi.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Вилоятимиз ҳудудларида 2025-2026 йиллар куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари изчил амалга оширилмоқда. Мавсумни беталофат ўтказиш мақсадида коммунал ҳамда ижтимоий соҳа объектларини тўлиқ тайёр ҳолатга келтириш, уларнинг барқарор фаолиятини таъминлаш бўйича аниқ чора-тадбирлар кўрилмоқда.
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 17-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
“Қутқарув хизмати ва қутқарувчи мақоми тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг Қашқадарё вилоятида ижро этилиши ҳолатини ўрганилди
TA’LIM-TARBIYA INSON KAMOLOTI VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIY SHARTI HAMDA GAROVIDIR

Ma’lumki, ota-bobolarimiz azaldan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti, jamiyat taraqqiyotining eng asosiy sharti hamda garovi deb bilgan. Chunki xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugungi olayotgan ta’lim va tarbiyasiga bevosita bog‘liq. Kelajak avlodni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan komil insonlar etib voyaga yetkazish esa ta’lim va tarbiya sohasining asosiy maqsadi hamda ustuvor vazifasidir.

Shu bois 9 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ham ayni masalalarga yana bir bor e’tibor qaratildi.

Unda davlatimiz rahbari mamlakat kelajagi, iqtisodiyot rivoji, avvalo, bilimli avlodga bog‘liqligini alohida ta’kidlab, bog‘cha va maktablar qurish, zamonaviy o‘quv dasturlarini qo‘llash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda o‘qituvchilarning mehnati qadrlanib oylik maoshiga 10 dan ortiq ustamalar joriy qilindi. Bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq pedagog 10-12 million so‘m maosh, yangi baholash tizimi bo‘yicha ijobiy natija ko‘rsatgan 300 ta maktabning butun jamoasi 40 foizgacha ustama olmoqda.

Yil boshidan buyon xalqaro fan olimpiadalarida yurtimiz o‘g‘il-qizlari 195 ta medalni qo‘lga kiritgan. Xorijiy til egalari jalb qilingan mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paygan.

Yig‘ilishda sohadagi islohotlarni davom ettirib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz bu yil maktabgacha ta’limda o‘rinlar sonini 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgani, ularning 82 mingtasi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri kelishi, qolgan 100 ming o‘rin eski bog‘chalarni ta’mirlash orqali hamda xususiy sektor ishtirokida tashkil etilishini bildirdi.

Buning uchun maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda bo‘sh yerlar auksionga chiqarilishi, ularda davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqilishi, bunday muassasalarga subsidiya berish, tarbiyachilar maoshini qisman qoplash tartibi joriy qilinishi belgilandi.

Yangi bino, sharoit bilan birga bog‘cha xodimlarining salohiyati ham shunga yarasha yuqori bo‘lishi kerakligi ta’kidlanib, yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun 5 kun ishlab, 1 kun o‘qiydigan bakalavr ta’lim shakli joriy qilinishi, bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming nafar oliy ma’lumotli mutaxassis kirib kelishi aytib o‘tildi.

Kelasi yili har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilarining pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari yig‘ilishda maktab ta’limidagi sharoitlarni yaxshilash, yoshlar tarbiyasi va bandligi, yoshlarimizni kasb-hunarli qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, qator tashabbuslar ilgari surildi.

Bir so‘z bilan aytganda maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tarbiyasi va bandligini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar meni bir deputat sifatida nihoyatda mamnun etdi. Chunki bularning barchasi yosh avlodning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Akbar Axtamov,

Xalq deputatlari Samarqand

viloyat Kengashi deputati

#munosabat

Slide 1 of 1