Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Ўзбекистон – 2030» стратегиясини замон талаблари асосида такомиллаштириш - муҳим истиқболли босқич!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 21-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 19-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Ayni kunlarda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Senator Z. Bekatova joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir kun davomida bir nechta muhim uchrashuv va muloqotlarda qatnashdi.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенагшининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Вилоятимиз ҳудудларида 2025-2026 йиллар куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари изчил амалга оширилмоқда. Мавсумни беталофат ўтказиш мақсадида коммунал ҳамда ижтимоий соҳа объектларини тўлиқ тайёр ҳолатга келтириш, уларнинг барқарор фаолиятини таъминлаш бўйича аниқ чора-тадбирлар кўрилмоқда.
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 17-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
“Қутқарув хизмати ва қутқарувчи мақоми тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг Қашқадарё вилоятида ижро этилиши ҳолатини ўрганилди
Gabala sammiti: O‘zbekistonning birdamlik sari qadamlari

Gabala sammiti: O‘zbekistonning birdamlik sari qadamlari

Yaqinda Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti turkiy xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va birdamlikni yanada mustahkamlash yo‘lida tarixiy qadam bo‘ldi. Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, jahon siyosiy maydonida turkiy mamlakatlarning o‘rni va ta’sirini oshirish, iqtisodiy, gumanitar va madaniy sohalardagi hamkorlikni kuchaytirishga doir bir qator muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar nafaqat mintaqa, balki butun dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Prezidentimizning har bir so‘zida samimiyat, amaliy yondashuv va strategik fikr mujassam bo‘lib, ular turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

Turkiy davlatlarning iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish: Sammitda O‘zbekiston rahbari o‘zaro savdo aylanmasini ko‘paytirish, transport-kommunikatsiya yo‘nalishlarini yaxshilash, o‘zaro investisiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Bu orqali mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoni yaratiladi.Turkiy madaniy merosni asrab-avaylash va rivojlantirish: Prezidentimiz turkiy xalqlarning boy tarixiy merosi, tili va madaniyatini saqlash, yoshlar o‘rtasida milliy o‘zlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish tashabbusini bildirdi. Bu esa yosh avlodda tarixiy xotirani mustahkamlaydi, milliy g‘urur va birdamlikni oshiradi.

Xalqaro siyosiy maydonda yagona pozisiya:

Turkiy mamlakatlar xalqaro muammolarga nisbatan o‘z pozisiyalarini muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlar yo‘lida birlashish orqali jahon siyosiy jarayonlarida ta’sir kuchini oshirishlari zarurligi alohida qayd etildi. Innovatsiya va texnologiyalar sohasida hamkorlik: Yangi texnoligiyalar, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish masalalari ham kun tartibida bo‘ldi. O‘zbekiston ushbu sohalarda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni taklif etdi.Shubhasiz, ushbu tashabbuslar nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, balki xalqlarimiz farovonligi va taraqqiyotiga xizmat qiladi. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan har bir fikr ortida ulkan mas’uliyat va kelajak uchun qat’iy ishonch mujassam. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatda ochiqlik, pragmatizm va amaliy hamkorlikka tayangan holda, turkiy dunyo bilan munosabatlarni yanada kengaytirishga, uni aniq mazmun va manfaat bilan boyitishga intilmoqda. Bu yo‘lda biz, xalq vakillari — deputatlar ham o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz.

Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ilgari surilayotgan tashabbuslar — bu buyuk kelajakka yo‘l, turkiy xalqlarning umumiy taraqqiyoti, tinchligi va farovonligiga xizmat qiladigan strategiyadir.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li

Slide 1 of 1