Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashiga 1-Shayxali okrugidan saylangan deputat Xaqqul Ishimov tomonidan 2-chorak mobaynida saylovchilarga amalga oshirgan ishlari bo`yicha axborot berdi.
🤝 Uchrashuvda Qarshi shahar hokimi yordamchisi, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla yettiligi hamda fuqarolar ishtirok etdi.
✅ Axborotda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda tahlil qilish, deputatlik so‘rovlari kiritish, doimiy komissiyalar faoliyatidagi ishtiroki, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha piyodalar yo‘laklari barpo etish, elektr ta’minoti yaxshilash maqsadida yangi transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilayotganligi va amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.
📌 Bunday ochiq uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.