35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi

Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Rahimova, tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda haftalik ish rejaga muvofiq Ipak yo‘li mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Ko‘p qavatli uylarga o‘rnatilgan liftlarning texnik holati, uzluksiz ishlashi, xavfsizlik talablariga muvofiqligi, muntazam texnik xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati batafsil ko‘zdan kechirildi.

Lift uskunalarining sozligi, favqulodda holatlarda foydalanish tizimi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan muloqot qilindi.

Slide 1 of 3