Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Obod makon” MFY binosi qurilishi boshlandi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich davlat-xususiy sheriklik asosida yangidan barpo etilayotgan “Obod makon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida qurilish ishlarining boshlanish jarayoni bilan tanishdi.

🏗 Tashrif davomida qurilish ishlarining dastlabki bosqichi, loyiha yechimlari hamda belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 Ta’kidlanganidek, zamonaviy mahalla binosining bunyod etilishi fuqarolarga xizmatlarni yanada qulay sharoitda ko‘rsatish, mahalla tizimi faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi bilan ishlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

📍 Qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida, sifat va muddat talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan tavsiyalar berildi hamda ishlarning borishi deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Slide 1 of 2