Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Guliston mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Uzun mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
“Bog‘ishamol” mahallasida fuqaro murojaati tinglanib, masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi

Aholi murojaatlari — joylardagi muammolarni aniqlash va ularning yechimiga erishishning muhim vositasi. Shu bois fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va muammolarini o‘rganish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Kengashning 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamuradova tomonidan saylov okrugiga qarashli “Bog‘ishamol” mahallasida fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida ijtimoiy yordam olish, bank va soliq masalalari, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer maydonlari ajratish kabi aholini tashvishga solayotgan qator masalalar ko‘tarildi.

Fuqaroning murojaatlari atroflicha tinglanib, mavjud imkoniyatlar va masalalarning qonuniy yechimi yuzasidan fikr almashildi. Xususan, imtiyozli kredit olish uchun belgilangan talablar, mavjud dasturlar hamda kredit ajratishning amaldagi tartibi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Bunday muloqotlar fuqarolarni qiynayotgan masalalarni manzilli o‘rganish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish va murojaatlarni qonuniy hal etishga ko‘maklashishda muhim ahamiyatga ega. Deputatlik nazorati va aholi bilan ochiq muloqot orqali fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3