Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Guliston mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Uzun mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“Salomatlik sari”: deputat tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va tibbiy-profilaktik xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish borasidagi ishlar mahallalarda izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamuradova tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar, jumladan, nuroniylar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillari uchun “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mahalla idorasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida 45 nafar fuqaroning salomatligi tibbiy nazoratdan o‘tkazildi. Mazkur tashabbus aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolarning salomatligiga e’tibor qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday tashabbuslar deputatlik faoliyatining aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi amaliy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Zero, inson salomatligini asrash — eng muhim qadriyat. Mahallalarda ana shunday xayrli tashabbuslarni amalga oshirish orqali aholiga tibbiy xizmatlardan foydalanishda yanada qulay imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutiladi.

Slide 1 of 3