Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun mohiyati va uning amaliy ahamiyati to‘g‘risida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oila -- ma'naviyat bulog'i: "Farovon oila" loyihasi doirasida davra suhbati
янв.21
Har bir ezgu ish — kelajakka yo‘l ochadi.
янв.21
“Kreativ iqtisodiyot sari” — yangi imkoniyatlar maydoni
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tuychi Yokubov Qamashi tumanida bo‘ldi
янв.21
"ZOOM" orqali хalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Partiya guruhi hamda doimiy komissiyaning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Deputat targ'ibot ishlarini olib bordi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova o‘zining saylovchilari bilan uchrashib, keksa otaxon va onaxonlarga Prezidentimizning 2025-yilni "Atrof muhitni muhofaza qilish va "yashil iqtisod" yili" Davlat dasturi hamda "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar xususida tushuntirish ishlarini olib bordi. Uchrashuvda siyosiy suhbat bilan bir qatorda mahalladagi ijtimoiy masalalar yechimi ham ko‘rib chiqildi. Jumladan mahalladagi chiqindixona atrofini tozalash va chiqindilarni o‘z vaqtida tashib ketishni so‘rab, tuman "Toza xudud " MCHJ rahbariyatiga deputat nomidan so‘rovnoma chiqariladigan bo‘ldi. Uchrashuvda saylovchi, keksa onaxon Saida Masharipova so‘z olib, saylovda nomzodni to‘g‘ri tanlaganliklari va mahalla ahli N. Allaberganovaning ishidan mamnun ekanliklarini gapirib o‘tdi. Bu kabi uchrashuvlarni mahalladagi maktab jamoasi va ota -onalar bilan birga o‘tkazish taklifini berdi. 

Slide 1 of 2