Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan viloyat va tuman gaz ta’minoti korxonalari mas’ullari ishtirokida tumanning “Besh-tut” mahallasi aholisining tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi.

🔵Murojaatlarda asosiy e’tibor sovuq kunlarda xonadonlarni isitish ehtiyoji ortishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talabning oshishi, shuningdek, ayrim vaqtlarda gaz bosimi pasayishi bilan bog‘liq holatlarga qaratildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar mas’ul gaz ta’minoti korxonalari vakillari ishtirokida muhokama qilinib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralariga e’tibor qaratildi.

🔵Uchrashuv davomida aholiga tabiiy gazdan foydalanish qoidalari bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, maishiy iste’molchilar tabiiy gazni belgilangan talablar asosida, gaz jihozlarining texnik holati va xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda iste’mol qilishi lozim.

🔵Shuningdek, gaz hisoblagichi, plombalar va gaz jihozlariga o‘zboshimchalik bilan aralashmaslik, gazdan foydalanish qoidalarini buzish turli xavfli holatlarga va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

🔵Deputat tomonidan aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni e’tiborsiz qoldirmaslik, gaz ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, kuz-qish mavsumida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1