Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahalladan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan fuqarolar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.Kaldibayev bilan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

🔻O‘rganish jarayonida mahallada “Ijtimoiy himoya reestri”da jami 35 ta oila mavjud. Ularning 10 tasi davlat ta’minotidagi, 20 tasi kambag‘al va 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga kiritilgan. Oilalarni reyestrda saqlab qolish emas, balki ularning mavjud muammolarini bartaraf etish, mehnatga layoqatli a’zolarini bandlikka jalb qilish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va iqtisodiy faolligini oshirish orqali reyestrdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, kambag‘allik chegarasidagi oilalar bilan ishlashda ularning mavjud ijobiy natijalarini mustahkamlash, daromadlarini barqarorlashtirish va qaytadan kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish yakunida “Ijtimoiy himoya reyestri”dagi 35 ta oilaning har biri bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlashning aniq mexanizmlaridan foydalanish va ularni bosqichma-bosqich reyestrdan chiqarishga qaratilgan choralarni davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1