Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kogon shahrida Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari munosib e’tirof etildi
#e'tirof

Kogon shahrida Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari munosib e’tirof etildi

Bugun, 5-oktyabr — Jinoyat qidiruv xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kogon shahar hokimi M. To‘raboyev Kogon shahar Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida shahar hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan 8 nafar Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimiga shahar hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

M. To‘raboyev o‘z tabrigida jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi xizmat alohida mas’uliyat va matonat talab etishini ta’kidladi.

Shuningdek, soha xodimlariga sharafli va mas’uliyatli xizmatlarida mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda yangi yutuqlar tilandi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 10