Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
QONUN IJROSI OʻRGANILDI

QONUN IJROSI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati I.Abdullayeva tomonidan “Kenagas” hududidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida qonun ijrosi oʻrganildi.

Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati I.Abdullayeva “Kenagas” hududida joylashgan 11-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1111-sonli “Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini oʻrgandi.
Oʻrganish davomida qonun normalarining mazmun-mohiyatini maktab jamoasi va oʻquvchilarga yetkazish, pirotexnika buyumlarining inson salomatligi, atrof-muhit hamda jamoat xavfsizligiga yetkazishi mumkin boʻlgan jiddiy zararlarining oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining holati koʻzdan kechirildi. Shuningdek, taʼlim muassasasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oʻquvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish hamda masʼul shaxslarning bu boradagi majburiyatlari yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Bu kabi deputatlik nazorati tadbirlari joylarda qonunlarning ishlashini taʼminlashga, aholi va yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda barqaror ijtimoiy muhitni saqlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1