Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Kokildorota” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazoratida

Mahallalarda aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida mahallalarda nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaga biriktirilgan “Kokildorota” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan bog‘liq ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, yangi mikroloyihalarni amalga oshirish hamda ehtiyojmand xonadonlarni daromadli mehnatga jalb etish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Yakunda hokim yordamchisi va mahalla mas’ullariga imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini muntazam monitoring qilib borish, yangi mikroloyihalar sonini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalari berildi.

Deputatlik nazorati — mahalladagi real natija va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.