Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #KQ_35 “Kokildorota” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish

Mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng yaqin ko‘prik. Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish hamda hududdagi muammolarni xonadonbay o‘rganish — xalq vakillarining ustuvor vazifasidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamasgukurovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Kokildorota” mahallasida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;
Deputatlik faoliyati: M.Sidiqovaning o‘z okrugida saylovchilar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati;
Aholi murojaatlari: Hududda fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ularni tizimli bartaraf etish yo‘llari.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ishlashda ochiqlik, murojaatlarni xonadonbay o‘rganish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.