Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan Namangan shahrining "Chorsu" mahallasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan "Hunarmandlar markazi" loyihasi mahalla aholisi ishtirokida muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida loyiha konsepsiyasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda hududni kompleks rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida hududdagi 62 ta turar joy obyekti o‘rnida zamonaviy Hunarmandlar markazi hamda sayyohlar uchun jozibador turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha milliy hunarmandchilik an’analarini rivojlantirish, ustalar faoliyati uchun zamonaviy infratuzilma yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda Namangan shahrining turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan.

Muloqot davomida Ayubxon Kamalov tomonidan loyiha bosqichlari, amalga oshirish mexanizmlari, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, kompensatsiya va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla aholisining fikr va takliflari tinglanib, barcha jarayonlarni ochiqlik, shaffoflik va amaldagi qonunchilik talablari asosida, fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3