Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

 

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi


 

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T.Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh.Sodiqov ishtirok etib, Namangan shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligi, shifokorlar qabuli, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining imtiyozli toifalarini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati, dori vositalarining mavjudligi, ularni fuqarolarga yetkazish tizimi hamda mazkur yo‘nalishda kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muhokamalarda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholiga qulay va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, o‘rganish yakunlari asosida tayyorlangan tahliliy xulosalar va takliflar xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinadi hamda masalalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatiladi.

Slide 1 of 6