Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Kattabog‘” mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalaning mazmuni, mavjud holat va fuqarolar uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, murojaatning asosiy masalasi ikki xonadonga olib boruvchi yo‘l ochish bilan bog‘liq ekani aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, hududdagi mavjud holat joyida ko‘zdan kechirilib, yo‘l masalasini hal etish bilan bog‘liq jihatlar o‘rganildi.

Muloqot davomida fuqarolarga ushbu masalani hal etishda amaldagi qonunchilik talablari, belgilangan tartib-taomillar hamda tegishli vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, har bir masalani qonuniylik va manfaatlar muvozanati asosida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2