Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Do‘stlik” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!

Yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimi va yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududda yoshlar bilan ishlash holati, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy mobaynida 4 nafar yoshga muddatli harbiy xizmatga borish uchun tavsiyalar berilgani ham qayd etildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim, kasb-hunar va turli loyihalarga jalb etish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etilib, yoshlar yetakchisi faoliyatining samaradorligi va amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, mavjud muammolarini manzilli hal etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.