Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘lib, imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshirilgan loyihalarning samaradorligini o‘rgandilar.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “Eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarosi G.Qurbonovaning tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Unga mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 50 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Bugungi kunda mazkur mablag‘lar hisobidan G.Qurbonova tomonidan shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkorlik loyihasining amaliy natijalari, kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Bunday o‘rganishlar orqali imtiyozli kreditlarning aholining daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.
Slide 1 of 3