Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
TADBIRKORLIK LOYIHASI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Ermatov tomonidan Zuhro mahallasida hokim yordamchisi faoliyatiga taalluqli masala o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “MARGILAN FISH” MCHJ faoliyati bilan tanishildi. Korxona Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Zuhro MFY, Zuhro ko‘chasida ko‘chma savdoni amalga oshirishning belgilangan talablariga muvofiq, cheklangan muddatga faoliyat yuritish imkonini beruvchi loyiha asosida ish boshlagan. Faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida 50 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari jalb etilgan.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlik loyihasining amaliy holati, ajratilgan kredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligi hamda ko‘chma savdo faoliyatining belgilangan talablar asosida tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ajratilayotgan moliyaviy resurslarning samarali ishlatilishini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilayotgan loyihalarning natijadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelgusida ham 15-Zuhro saylov okrugi hududida hokim yordamchisi faoliyati, tadbirkorlik loyihalarining ijrosi va fuqarolarning bandligini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati asosida o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 4