Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahallada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi suv tarmoqlarini tortish masalalari mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

🔺Muloqot davomida mahalladagi ichimlik suvi ta’minotining mavjud holati, aholining suvga bo‘lgan ehtiyoji, tarmoqlarning qamrovi va yangi quvurlarni tortish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, suv tarmog‘i mavjud bo‘lmagan yoki suv ta’minoti yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan ko‘chalarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich markazlashgan tarmoqqa ulash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Muzokaralar davomida suv ta’minoti tashkiloti bilan hamkorlikda mahalladagi mavjud tarmoqlarning texnik holatini o‘rganish, yangi tarmoq tortilishi zarur bo‘lgan hududlarni belgilash va ushbu masalani tegishli dasturlarga kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 2