Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Chiqindi yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Ashurov tomonlaridan tumanning “Do‘stlik” mahallasida sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, chiqindi yig‘ish punktining holati hamda qattiq maishiy chiqindilarni aholidan qabul qilish va belgilangan tartibda olib chiqib ketish xizmati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🟢O‘rganish natijasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi chiqindi yig‘ish shoхobchasidan chiqindilar har kuni belgilangan tartibda olib chiqib ketilayotgani aniqlandi. Bu esa mazkur hududda chiqindi olib chiqish xizmati muntazam yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, dala hovlilardan chiqindilarni mazkur shoхobchaga olib kelib tashlash holatlari ko‘pligi sababli konteynerlar tez to‘lib, chiqindilarning to‘planib qolishi kuzatilmoqda. Natijada shoxobcha atrofida sanitariya holatini saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va hududning obodonligini ta’minlash bilan bog‘liq qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

🟢Deputatlar chiqindi yig‘ish shoxobchasida tozalikni muntazam ta’minlash, konteynerlarning o‘z vaqtida bo‘shatilishi va shoxobcha atrofida chiqindilar to‘planib qolishining oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar. Shuningdek, dala hovlilardan chiqindilarni belgilanmagan joylarga yoki boshqa hududlarga olib kelib tashlash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aholi bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 5