Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev shahar IIBning mas’ul xodimi bilan hamkorlikda shaharda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida kiberfiribgarlikning oldini olish, fuqarolarning bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o'rganish Kiberxavfsizlik to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-764,Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va keksalar o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish hamda shubhali havola va xabarlarga ishonmaslik yuzasidan targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida kiberjinoyatlarning oldini olish, aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

️Kiberxavfsizlik — har bir fuqaroning hushyorligi va mas’uliyatidan boshlanadi!