Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
GAZ TA’MINOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev shahar gaz ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida gaz ta’minoti tizimining joriy holati, ish jarayonlarining tashkil etilishi, mavjud gaz tarmoqlarining sozligi hamda aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish bilan bog‘liq jarayonlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, iste’molchilarga gaz yetkazib berishning uzluksizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish — mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.

G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan shahar hayotining muhim yo‘nalishlari, jumladan, kommunal xizmatlar sohasidagi ishlar holatini o‘rganish va nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.