Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi

Deputat fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatovaning fuqarolar bilan uchrashuvi davomida hudud aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan, fuqarolar tomonidan maktabga olib boruvchi katta avtomobil yo‘lidan ta'lim muassasasigacha piyodalar yo‘lakchasini barpo etish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, yaqinda ta'mirlangan ichki yo‘lda transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanayotgani sababli maktabga qatnovchi o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan maktab hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lning maktab boshlanish va tugash qismida transport vositalari tezligini cheklash maqsadida sun'iy notekisliklar (tezlikni pasaytiruvchi tepaliklar) barpo etish yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan deputatning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan faoliyati, ko‘rib chiqilgan murojaatlar hamda bajarilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi.

Slide 1 of 8