Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlari – davlat organlari faoliyatining muhim mezoni

Fuqarolar murojaatlari – davlat organlari faoliyatining muhim mezoni

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan.

Mazkur qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini yanada takomillashtirish, murojaatlarni o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqishni ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Har bir fuqaro davlat organlariga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega. Murojaatlar belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda ularning natijalari yuzasidan asoslantirilgan javob berilishi qonun bilan kafolatlangan.

Fuqarolar murojaatlariga e’tibor — inson manfaatlarini ta’minlash, ochiq muloqotni rivojlantirish va davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omilidir.