Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
72-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida mazkur ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari boshlangan.
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 912 million so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari “Lochin” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlarning borishi Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari M.Namozov va S.Saidovlar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining yakuniy bosqichidagi holati, bajarilgan ishlarning sifati, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda yangi o‘quv binosini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
📚 Qo‘shimcha 140 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining barpo etilishi maktabning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 1