Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
ISSIQLIK TA’MINOTI VA MAKTAB ATROFI OBODONCHILIGI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #deputatlik_guruhlari

ISSIQLIK TA’MINOTI VA MAKTAB ATROFI OBODONCHILIGI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

🇺🇿 O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi a'zosi, "17-Guliston" saylov okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tashabbusi bilan A.Sog‘uniy ko‘chasidagi issiqlik ta’minoti tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🤔 O‘rganish davomida 500 metrdan ziyod masofadagi issiqlik tarmog‘i quvurlarini almashtirish ishlari olib borilayotgani, xususan, diametri 325 millimetr bo‘lgan yangi quvurlar yotqizilayotgani ko‘zdan kechirildi.

📈 Shuningdek, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan 296-sonli maktab atrofidagi obodonlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, maktab atrofidagi piyodalar yo‘lagini asfalt qoplamasi bilan qoplash, yashil hududni o‘rab turuvchi kichik panjaralarni payvandlash va hududni tartibga keltirish bo‘yicha tuman mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.

🗣 Mazkur ishlarni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar yakunlash, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5