Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimidagi muhim masalani o‘rganish yuzasidan rasmiy xat yuborildi.
Jumladan, 2026-yil 18-avgustdagi 24-kx-487-26-sonli xat bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Saparovaga murojaat qilindi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” talablari ijrosini tuman miqyosida o‘rganish maqsadida tashkil etilmoqda.
O‘rganish davomida:
🔹 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish jarayoni;
🔹 navbatlarning shakllantirilishi va yuritilishi;
🔹 imtiyozli toifaga mansub bolalarni qabul qilish tartibi;
🔹 mavjud bo‘sh o‘rinlardan foydalanish;
🔹 yo‘llanmalarni rasmiylashtirish;
🔹 fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va qonuniyligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.
📌 Doimiy komissiya tomonidan o‘rganishni sifatli va to‘liq tashkil etish maqsadida tegishli ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish so‘raldi.
Mazkur jarayon orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun davlat xizmatlari sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Qonun ijrosi — deputatlik nazoratida!