Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162ta_qonun
#biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Pensiya bo‘limida "Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati hamda 162 ta Qonunlar ijrosini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov tuman Kengashi deputati O.Ishpo‘latovga biriktirilgan tashkilot — Bandixon tumani Pensiya bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyatini har taraflama o‘rgandi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi hamda sohada fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholash maqsadida tashkil etildi.

Monitoring davomida fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlash, ish stajini hisoblash va ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari, elektron tizimlarning barqaror ishlashi hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, bo‘limga tashrif buyurgan nuroniylar va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning sohadagi xizmatlar bo‘yicha e’tiroz va takliflari tinglandi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, pensiya ta’minoti sohasida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan Pensiya bo‘limi rahbar va xodimlariga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1