Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI

#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibining tumandagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori talablari ijrosi, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayoni, elektron navbatning shakllantirilishi, mavjud bo‘sh o‘rinlardan samarali foydalanish, imtiyozli navbat hamda yo‘llanmalarni rasmiylashtirish holati ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
📌 Qarorga muvofiq:
🔹 mazkur masala ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun ishchi guruh tuzildi;
🔹 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qabul qilish jarayonini kompleks o‘rganish uchun maxsus savolnoma ishlab chiqildi;
🔹 savolnomada elektron navbat, mavjud bo‘sh o‘rinlar, imtiyozli navbat, yo‘llanmalar, fuqarolar murojaatlari va davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga rioya etilishi kabi masalalar qamrab olindi;
🔹 ishlab chiqilgan savolnoma asosida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayonining qonuniy, ochiq va shaffof tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
📌 Qonuniylik — ochiqlik — shaffoflik — deputatlik nazorati!

Slide 1 of 6