Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI

#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibining tumandagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori talablari ijrosi, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayoni, elektron navbatning shakllantirilishi, mavjud bo‘sh o‘rinlardan samarali foydalanish, imtiyozli navbat hamda yo‘llanmalarni rasmiylashtirish holati ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida aniqlangan masalalarni tizimli o‘rganish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
🔹 Qarorga muvofiq, tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qabul qilish jarayonini joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun ishchi guruh tuzildi.
🔹 Ishchi guruhga elektron navbat, mavjud bo‘sh o‘rinlar, umumiy va imtiyozli navbat, yo‘llanmalarni rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishida qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish vazifasi yuklatildi.
🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga zarur statistik va tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish, elektron navbatdagi ma’lumotlarni amaldagi holat bilan solishtirish hamda mavjud bo‘sh o‘rinlarni elektron tizimda o‘z vaqtida va haqqoniy aks ettirish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.
🔹 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga bolalarni qabul qilishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, fuqarolardan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlar va to‘lovlarni talab qilmaslik, qabul jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash vazifalari yuklatildi.
🔹 Shuningdek, doimiy komissiyaga qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish, aniqlangan tizimli muammolar yuzasidan tegishli takliflar kiritish vazifasi belgilandi.
📌 Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayonining qonuniy, shaffof va adolatli tashkil etilishi — doimiy deputatlik nazoratida.