Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Mehrigiyoh” mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish: aholi muammolari deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Norqobilov G‘ayrat Ravshanovich saylangan 25-"Paxtakor" saylov okrugiga qarashli "Mehrigiyox" mahallasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha aylanib o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganish davomida mahalladagi 12 ta ko‘chaning har birida istiqomat qilayotgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, aholi bilan ochiq muloqot qilindi. Suhbatlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularning taklif va murojaatlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida tashkil etildi. Unda aholining bandligi, tomorqalardan samarali foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish ishlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari batafsil ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan barcha muammolar deputatning maxsus nazorat jurnaliga qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi. O‘rganish davomida ko‘tarilgan har bir masala deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi muntazam monitoring qilib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5