Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Investitsiyalar, savdo va sanoat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

🔴O‘rganish jarayonida so‘nggi 3 yilda tuman iqtisodiyotiga 367 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar hamda 442 mln. dollar miqdorida mahalliy investitsiyalar jalb qilingan. Mazkur mablag‘lar hududda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va iqtisodiy faollikni oshirishga yo‘naltirilgan.

🔴O‘rganish davomida 8 ta investitsiya loyihasiga belgilangan tartibda imtiyozlar qo‘llanilgani ham qayd etildi. Investorlarga berilgan imtiyozlarning qonuniyligi, ulardan samarali foydalanish holati va loyihalarning belgilangan maqsadlarga muvofiq amalga oshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, investorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatish va loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.

🔴Shu bilan birga, jalb qilingan investitsiyalarning hudud iqtisodiyotiga ta’sirini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi. O‘rganish yakunida tumanning investitsiyaviy salohiyatidan samarali foydalanish, xorijiy va mahalliy investorlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, investitsiya loyihalarining ijrosini tizimli monitoring qilish hamda qonun talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3