Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan tumanning “Ugam” mahallasi raisi B.Tojiboyev bilan suhbat o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi uchun munosib va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🟢Suhbat davomida mahalladagi ko‘chalar, ichki yo‘llar, umumiy foydalanishdagi hududlar, ariq-zovurlar hamda aholi yashash punktlarining sanitariya va obodonlik holati muhokama qilindi. Hududni doimiy ravishda tozalash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

🟢O‘rganish jarayonida mahallada joriy yil davomida 1 ta firibgarlik jinoyati sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan jinoyatning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan omillarni tahlil qilish, aholi o‘rtasida firibgarlikning keng tarqalgan usullari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🟢O‘rganish yakunida mahallada obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1