Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun mohiyati va uning amaliy ahamiyati to‘g‘risida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oila -- ma'naviyat bulog'i: "Farovon oila" loyihasi doirasida davra suhbati
янв.21
Har bir ezgu ish — kelajakka yo‘l ochadi.
янв.21
“Kreativ iqtisodiyot sari” — yangi imkoniyatlar maydoni
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tuychi Yokubov Qamashi tumanida bo‘ldi
янв.21
"ZOOM" orqali хalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Partiya guruhi hamda doimiy komissiyaning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda “Mahalla yettiligi” – Kengash – Senatning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Oliy Majlis Senati tomonidan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yana-da kuchaytirish masalalari” mavzusida mahalliy Kengashlar kotibiyatlari mudirlari va xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi binosida Kengash raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyatidan saylangan hududiy senator M.Toirov, kotibiyat mudiri A.Anarov va barcha xalq deputatlari shahar va tuman kotibiyati mudirlari va mutahassislari ishtirok etdi. 

O‘quv seminarida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi binosida Toshkent viloyatidan saylangan hududiy senator M.Toirov, Kengash raisi S.Fayziyeva, kotibiyat mudiri A.Anarov va barcha xalq deputatlari shahar va tuman kotibiyati mudirlari va mutahhasislari ishtirok etdi.

Unda joylardagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va loyihalarni manzilli o‘rganish va samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha “mahalla yettiligi” – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilganini taʼkidlandi.

Seminarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni xatlovdan o‘tkazish va natijalari asosida ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqish, mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi, loyihalarni o‘rganish va ijrosi yuzasidan nazoratni yo‘lga qo‘yish, muammoli masalalarni sessiyada muhokama qilish, respublika darajasidagi muammolarni Senatga taqdim etish mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi.

Seminar so‘nggida qarorda belgilangan vazifalar ijrosining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishida mahalliy Kengashlar faol bo‘lishi kerakligi yana bir bor eslatib o‘tildi. Bu borada zarur tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 5