Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
YANGI 2025-YIL BILAN
Aziz tumandoshlar!
Kirib kelgan Yangi 2025-yil bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!
Joylarda ijtimoiy ahamiyatga molik yirik investitsiyaviy loyihalar ishga tushirildi, mahallalar va ijtimoiy obyektlar infratuzilmasi kapital ta’mirlandi, yangi bog‘cha, yangi qishki suzish havzasi, zamonaviy mahalla guzari barpo etildi, poytaxtimiz turistik jozibadorligi oshishiga xizmat qiluvchi 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik ko‘cha foydalanishga topshirildi.
Albatta, bu ulkan o‘zgarishlarning barchasi tuman aholisining turmush darajasi va daromadlari oshishiga xizmat qilib kelmoqda.
Islohotlar samarasini o‘z taqdirida, kundalik hayotida ko‘rayotgan har bir tumandoshimiz qalbida bugunidan rozi bo‘lish, ertangi kunga mustahkam ishonch tuyg‘usi mujassam.
Ulkan bunyodkorlik jarayonlari sur’ati yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan taraqqiyot strategiyasi, xalq manfaati, “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan oliy maqsad - odamlarni hayotdan rozi qilish maqsadi – doimo faoliyatimizning bosh mezoni bo‘lib qolaveradi.
Fursatdan foydalanib, butun tumanimiz ahlini kirib kelgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt- saodat, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi yilda xonadoningizdan fayz- baraka, shodlik, tinchlik va osoyishtalik arimasin! Yangi 2025-yilning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!
Yangi yil bilan, aziz mirobodliklar!
Hurmat bilan, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash raisi Anvar Sayfutdinov