Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
DEPUTAT_TAShABBUSI

 Har bir ota-ona farzandini maktabga jo‘natayotib, darslarni yaxshi
o‘zlashtirib, eson-omon qaytishini kutadi. Farzand tarbiyasida yetarli bilim va
ko‘nikmalarni olish qanchalik muhim bo‘lsa, uning sog‘ligi ham, maktabiga
sog‘-salomat borib kelishi ham muhim. O‘quvchi-yoshlarning ko‘cha-ko‘yda,
jamoat joylarida xavfsizligini ta’minlash masalasi esa e’tibor berishimiz lozim
bo‘lgan jihat.
 

Shu bois o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishlarida xavfsizlikni
ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashi deputati Anarboyev
Murodil Maxammatjonovich tashabbusi bilan tegishli tashkilot va muassasalar
hamda fuqarolarning homiyligi hisobidan “Nayman” mahallasi hududidagi
4-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga
olib boruvchi yo‘lda piyodalar yo‘lakchasi qurilish ishlari olib borilmoqda.
Ishlar tugallangach, yoshlar faqat belgilangan piyodalar yo‘lakchasidan
harakatlanishadi. Qarabsizki, o‘quvchilarning yo‘llarda harakat xavfsizligi
ta’minlanishi bilan birga, maktab ma’muriyati va ota-onalarning-da o‘ylantirgan
masala munosib yechim topgan bo‘ladi.
  

Slide 1 of 6