Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida xalq deputatlari hamda kotibiyat mudirlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminari boshlandi.

Bugun Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida xalq deputatlari hamda kotibiyat mudirlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘quv seminari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Senati tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, kotibiyat mudirlari (tegishli studiyalardan) ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, Senatning qator qo‘mitalari, Prezident Adminstratsiyasi mas’ul xodimlari, turli vazirlik, idora va muassasa vakillari mavzuga aloqador chiqishlar qildilar.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, unda vakillik organlarining o‘rni, mahalliy Kengashlar deputatlari maqomi, deputatlik faoliyatining kafolatlari, mahalliy Kengashlarda doimiy komissiyalar, partiya guruhlari va deputatlar faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish kabi mavzulardagi ma’ruzalar seminar qatnashchilarini befarq qoldirmadi.

Jarayonda mahalliy Kengashlar deputatlari hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish, tasdiqlash hamda ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil faoliyatini olib borish, qarorlar qabul qilishda qonuniylikni ta’minlash, saylovchilar murojaatlari bilan, qolaversa, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, deputatlarning odob-axloq qoidalari bo‘yicha ham o‘z bilimlarini oshirishmoqda.

Slide 1 of 8