Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla obodligi va xavfsizligi – eng muhim vazifa
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Deputatlik — saylovchilarning ishoni demakdir. Shu ishonchni oqlash uchun qonunlarimizda xalq noiblarining huquq va majburiyatlari, shu bilan bir qatorda faoliyatining asosiy kafolatlari belgilab qo‘yilgan.

Deputatlik — saylovchilarning ishoni demakdir. Shu ishonchni oqlash uchun qonunlarimizda xalq noiblarining huquq va majburiyatlari, shu bilan bir qatorda faoliyatining asosiy kafolatlari belgilab qo‘yilgan. 

Bugun Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashi deputatlari M.Tarobiy mahallasida aholi bilan muloqot qilib, mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganishdi. Mazkur mahalla maydoni 500 gektardan ziyod. Ammo mahalla binosi aholi borishiga noqulay joyda joylashgan. Muloqot jarayonida Buxoro tumanning 5 ta qishlog‘i Buxoro shahridagi mahalla tarkibidaligi va aholi mulk solig'ini Buxoro tuman soliq inspeksiyasiga to‘lov qilishlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan aholi qatlami kredit olishda muammolarga duch kelayotganligi aniqlandi.

 

Deputatlar xalq dardini eshitish bilan birga o‘zlarining tashabbuslarini ham bildirdilar. Jumladan, mahalla yoshlari chet tillarni o‘rganishlari uchun Buxoro davlat pedagogika institutida o‘quv markazi tashkil etish taklifi berildi. Bundan tashqari, hududdagi 9 ta ko‘p kvartirali uylarda, uy-joy fondini birgalikda boshqarish hamda uni saqlash, asrash va ta’mirlashni ta’minlash uchun ixtiyoriy birlashma sifatida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tashkil etilmagan, 3 ta 2 qavatli uy yaroqsiz holga kelib qolgan.

Mahallada turli kasalliklarning oldini olish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tibbiy ko'rik va uchrashuvlar tashkil qilish taklifi berildi.

Slide 1 of 6