Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Chinor” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim J.Risqitillayev va yoshlar yetakchisi K.Zamidova faoliyatlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholi bilan muloqot samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

🔺Shu bilan birga, yoshlar yetakchisining mahalladagi yoshlarni bandlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va yechim topish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔺Shu bilan birga, mahalla raisi D.Ruzibayev bilan mahalla hududidagi obodonlashtirish ishlarining holati, ko‘chalar, ichki yo‘llar, umumiy foydalanish hududlari va yashil hududlarni saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda davlat organlari va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2