Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘roviga javob berildi

📌 Deputat so‘roviga javob berildi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 13-Qamay saylov okrugi deputati N.Tilovov tomonidan Olmazor mahallasi fuqarolarining murojaatlariga asosan tuman mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

💬 Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi, zamonaviy bino qurish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha amaliy yordam berish so‘ralgan.

📨 Mazkur masala yuzasidan tuman mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Xoliqulov tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashiga taklif kiritilib, ushbu taklifga asosan Kengashning tegishli qaroriga asosan Olmazor mahallasi fuqarolar yig‘ini uchun yangi zamonaviy bino qurish uchun mablag‘ ajratilganligini ma’lum qilindi.