Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.

Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi  bosh mutaxassisi S.Bektemirov tomonidan aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda bozorlarda mahsulotlar zaxirasi va yetarliligi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida bozor va savdo nuqtalarida un, guruch, yog‘, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi, go‘sht va boshqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narxlari tahlil qilindi. Shuningdek, mahsulotlarning aholi talabini qondirish darajasi, savdo jarayonlaridagi holat va mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
Aniqlanishicha, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarda yetarli miqdorda mavjud bo‘lib, savdo uzluksiz davom etmoqda.

Slide 1 of 3