Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli D.Isamova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ishsiz xotin-qizlar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

🔺Shuningdek, o‘rganish jarayonida bir qator xotin-qizlar bilan bevosita muloqot qilindi. Ulardan mahallada yaratilgan sharoitlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari, xotin-qizlar faolining ish uslubi hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha fikr va takliflari so‘raldi.

🔺Suhbatlar davomida aksariyat fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilayotganini, bandlik, kasb-hunar o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Ayrim masalalar bo‘yicha bildirilgan taklif va murojaatlar esa tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 1