Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

📊 Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Tinchlik saylov okrugi deputati D.Mirzayev tomonidan Oqguzar mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.

📝 Deputat tomonidan mas’ullarga aniq taklif va tavsiyalar berilib, aholi muammolarini tizimli hal etish hamda amaliy natijadorlikni oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni kuchaytirish ta’kidlandi.