Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X. Ismatov saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida, o'ziga biriktirlgan qonunlarning mazmun moxiyati hamda mahalla hududida umumxalq xasharini tashkil etish, ko‘chalardagi chiqindilarni tozalash, daraxt va ko‘chatlar ekish, ariqlarni tartibga keltirish, ko‘p qavatli uylar atrofi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.