#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda deputatlik nazorati.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova “Xo‘jaobod” mahallasida xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini hal etish ishlar samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, manzilli yordam ko‘rsatish va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)