DEPUTAT NAZORATI: MAKTABLARDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH ASOSIY VAZIFA
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha ob’ektlari holatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
✅Navbatdagi o‘rganish ishlari tuman Kengashi deputati O.Jumayev hamda Kengash kotibiyati xodimi E.Eshonqulov tomonidan “Polvontosh” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida olib borildi.
✅O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅Sport zallarining bugungi holati va sanitariya talablariga javob berishi;
✅Sport anjomlarining mavjudligi va ularning yaroqlilik darajasi;
✅O‘quvchilarning darsdan tashqari sport to‘garaklariga jalb etilishi.
✅Deputat tomonidan maktab ma’muriyatiga sport majmuasidan samarali foydalanish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅"Bizning maqsadimiz faqat kamchilikni topish emas, balki ularni bartaraf etish orqali farzandlarimizga munosib sharoit yaratishdir," — deydi deputat O.Jumayev.
✅Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.